Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Katta Jirmiz qishlog‘i Nurobod mahallasi Jirmizobod ko‘chasi 3 yo‘lak 7-uy

blog
  • ---
  • 26-10-2023, 16:01

Olimpiada viloyat bosqichi

Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o'tkaziladigan sanalar e'lon qilindi

Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi  joriy yilning 4-10-noyabr kunlari oʻtkaziladi.

➖ikkinchi bosqichda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;

➖akademik litseylar hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha oʻquvchilar;

➖oʻtgan oʻquv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida 1-oʻrinni egallagan va hozirda maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarining oʻquvchilari oʻtgan oʻquv yilida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fani boʻyicha ishtirok etadi.

Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-oʻrinlar) gʻoliblar aniqlanadi.

Ishtirokchilarning olimpiadalar boʻlib oʻtadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlarini taʼminlashga tuman (shahar) hokimlari va maktabgacha va maktab ta`limi boʻlimi mudirlari shaxsan masʼul hisoblanadi.

Mazkur bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar:

1-oʻrin uchun  — 1 mln 980 ming soʻm;
2-oʻrin uchun — 1 mln 320 ming soʻm;
3-oʻrin uchun — 990 ming soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Katta Jirmiz qishlog‘i Nurobod mahallasi Jirmizobod ko‘chasi 3 yo‘lak 7-uy
  • +998 (94) 119-08-65
  • info@www.xonqa12-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili