Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Katta Jirmiz qishlog‘i Nurobod mahallasi Jirmizobod ko‘chasi 3 yo‘lak 7-uy

blog
  • Normativ hujjatlar
  • 7-12-2023, 11:55

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat

  • O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Boshqaruvning respublika shakli – davlat hokimiyatining oliy organlari xalq tomonidan muayyan muddatga saylanishini anglatadi. 

Suveren davlat – o‘z hududida to‘la-to‘kis mustaqil hukmronlik va mutlaq yurisdiksiyaga ega bo‘lish demakdir.

Demokratiya esa xalq hokimiyatini ifoda etib, davlat boshqaruvida saylanish va o‘z vakillarini saylash orqali barchaning teng huquqli ishtiroki ta’minlanishini ko‘zda tutadi.

Huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko‘z bilan qarash talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bo‘ladi, davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga bo‘ysunadi va qonunlarning muqarrar ijrosini ta’minlaydi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Katta Jirmiz qishlog‘i Nurobod mahallasi Jirmizobod ko‘chasi 3 yo‘lak 7-uy
  • +998 (94) 119-08-65
  • info@www.xonqa12-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili